Eto'O Messi - Aguero juftligi haqida: "Har mavsumda 60ta gol ko'ramiz. Lionel - avliyo"

Alisher
22 iyun 2021, 17:17
"Barselona" sobiq hujumchisi Samuel Eto'O forvardlar Lionel Messi va Serxio Agueroning tandemi haqida gapirdi.

"Biz har mavsum 60tadan gol ko'ramiz. Men shunchaki umid qilamanki, xudo ularni yangi jarohatlardan asraydi.

Messi - bu "Barselona". Uni boshqa libosda tasavvur eta olmayman. Men bir marta Messiga urilgan gollari uni noyob qilishini aytgandim.

U avliyo. U doim meni eshitgan, hech narsa demagan va amaliyotda maslahatlarimni qabul qilgan. Juda tez-tez televizor ko'rib o'tirgan holda, u bilan gollarni birga nishonlashni xohlab qolaman, sababi ular ajoyibdir", - deydi kamerunlik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca