Eto’O "Guanchjou Evergrand"ga o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
23 may 2014, 08:40
"Chelsi" futbolchisi Samuel Eto’O faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin.

33 yoshli futbolchiga "Guanchjou Evergrand" jamoasi tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Xitoyliklar agar jamoani bitta hujumchi tark etsa Eto’O bilan shartnoma imzolamoqchilar. Ma'lumotlarga qaraganda, "Guanchjou Evergrand" hujumchisi Elkeson "Napoli" yoki "Inter"ga o'tishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, ushbu yozda futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi o'z yakuniga etadi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru