ESPN: van Gal Kroosni MYUga taklif qilmoqchi emas

Aziz Tukhtamuradov
22 may 2014, 21:28
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Lui van Gal Bavariya futbolchisi Toni Kroosga qiziqmayapti.

Yaqindagina MYU bosh murabbiyiga aylangan gollandiyalik murabbiy jamoaga boshqa futbolchilarni taklif qilmoqchi.

Futbolchini jamoaga taklif qilish rejasi "qizil iblislar"ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyesning rejasi edi. Lekin, van Gal germaniyalik futbolchini o'z jamoasida ko'rishni unchalik ham istayotgani yo'q.

Avvalroq esa "Bavariya" va MYU futbolchi borasida 20 millionlik kelishuvga erishganliklari xabar qilingan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru