Eshli Yang sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 apr 2021
"Inter" himoyachisi Eshli Yang ushbu mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda.

35 yoshli futbolchini "Uotford" o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda. Yaqindagina ushbu klub APL yo'llanmasini naqd qilgandi.

Yang 2003-2007 yillar davomida "Uotford" tarkibida harakat qilgan. Keyinchalik "Aston Villa" hamda "Manchester Yunayted" tarkibida ham o'ynadi.

Yang ushbu mavsum 23 o'yinda 3 golli pas amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal