Eshitdingizmi? Qozog'iston byudjetidan futbol klublariga O'zbekistondagidan 5 baravar ko'p pul ajratilar ekan

Narzulla Saydullayev
3 fev 2024, 19:05
Qozog'istonlik deputat Kazbek Isa yil davomida mamlakat futboli uchun jami 133 milliard tenge pul sarflanganini ma'lum qildi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, futbol klublariga jami 133 milliard tenge ajratilgan. Shundan 111 milliard tenge byudjetdan olingan.

"Qozog'iston byudjetidan shuncha pul sarflangan. Bu pullar qaerga sarflanadi? Barchasi legionerlarni boyitish uchun ketadi. Qozog'iston premer-ligasining 374 nafar futbolchisidan 150 nafari legioner. Jahon chempionatiga tayyorgarlikka futbol uchun boks, kurash va og'ir atletikani qo'shib hisoblagandan ko'proq pul ajratiladi. Pullarning 80 foizi legionerlarga beriladi. 30 yil davomida biz bittagina stadion qurdik. O'zbekistonda futbolga bizdan 2 baravar kamroq pul ajratiladi, lekin ular 10ta stadion qurishdi", - dedi deputat.


Championat.asia izohi: Qozog'iston klublari byudjetdan O'zbekiston klublaridan ko'ra 5 baravar ko'proq pul olishar ekan. Yani qo'shnilarimiz bilan taqqoslaganda futbolga anchagina kam mablag' ajratiladi, lekin so'nggi yillardagi ijobiy natijalarimiz Qozog'istondan ko'ra yaxshiroq ekanini barcha ko'rib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia