Eshitdik-da! Yangi mavsum OCHL 2 musobaqasida qatnashuvchi "Andijon" yangi brend liboslarini kiyadi

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024, 20:41
Ortda qolgan mavsum O'zbekiston kubogida zafar quchgan "Andijon" keyingi yil OCHL 2 musobaqasida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Bu jamoa tugab borayotgan yilda Germaniyaning "Hummel" kompaniyasi liboslaridan foydalandi.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "burgutlar" yangi mavsumda Italiyaning "Macron" (Makron) kompaniyasi liboslarini kiyadi.


Ma'lumot uchun, bu yil Pro ligada g'olib bo'lib Superligaga chiqqan "Mashal" ham "Macron" liboslaridan foydalanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia