Eshitdik-da! U-16 va U-19 Osiyo chempionatlari bekor qilinadi, Jahon chempionatlari ham...

Narzulla Saydullayev
15 dek 2020, 20:42
Koronavirus futbol musobaqalarga ta’sir qilishda davom etadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, OFK 2021 yilga ko'chirgan U-16 va U-19 Osiyo chempionatlarini bekor qiladi. 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati mart oyida O'zbekistonda bo'lib o'tishi kerak edi. 

O'z navbatida FIFA ham Peruda o'tishi kerak bo'lgan U-17 va Indoneziya mezbonlik qilishi lozim bo'lgan U-20 Jahon chempionatlarini bekor qilishi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-16 terma jamoasiga Olim Shokirov, U-19 terma jamoasiga Timur Kapadze murabbiylik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia