

Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Nikola Lazarevich uchun ertangi AGMK bilan o'yin "Qizilqum" boshqaruvidagi so'nggisi bo'ladi. Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur uchrashuvdan so'ng serbiyalik mutaxassis klub bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, navoiyliklar ayni paytda 20ta o'yinda 32 ochko jamg'argan holda Superliga turnir jadvalida beshinchi pog'onada ketmoqda.



