Eshitdik-da: Shkvirin "Metallurg" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
3 noya 2021, 16:18
Bekobodning "Metallurg" klubida yana murabbiy o'zgarishi kutilmoqda.

FIFA kunlari paytidagi tanaffusda Igor Shkvirin jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.

"Metallurg" 21 oktyabr kuni Jasur Abduraimovni iste'foga chiqargan va 27 oktyabr kuni uning o'rniga ispaniyalik murabbiyni tanishtirgan edi.

Igor Shkvirin esa 25 oktyabr kuni kuni o'z xohishiga ko'ra, "Turon" bosh murabbiyligidan ketgandi.

Qizig'i Shkvirin "Metallurg" ustoziga aylansa, Bekobod klubidagi debyut o'yini 21 noyabr kuni "Turon"ga qarshi o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia