

BAA klubi Shukurov tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun "Karagyumryuk"ga ketayotgani haqida rasmiy bayonot berdi. Saytimizga ma'lum bo'lishicha, “Sharja” 26 yoshli o'zbekistonlikni turk klubiga 420 ming evroga sotgan. Xavbekning Transfermarkt'dagi narxi esa 4 mln evroga baholangandi.
Eslatib o'tamiz, Andrea Pirlo boshqaruvidagi "Karagyumryuk" Turkiya chempionati o'tgan mavsumini 8-o'rinda yakunladi.



