"Sharja" Otabek Shukurovning Turkiya jamoasiga o'tayotganini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2022, 23:06
"Sharja" matbuot xizmati yarim himoyachi Otabek Shukurovning Turkiya chempionatiga yo'l olayotganini ma'lum qildi.

"O'zbekiston termasi futbolchisi Otabek Shukurov Turkiyadan taklif qabul qilib oldi. Klubimiz unga ijobiy javob berdi va "Fotix Karagyumruk" bilan muzokaralar o'tkazishga rozi bo'ldi. Shu orqali futbolchi Yevropada faoliyat olib borish imkoniyatini qo'lga kiritadi", - deb yoziladi klub bayonotida.

Bu haqda oldinroq saytimizda "Eshitdik-da" rukni orqali ma'lumot bergandik. Ayni damda "Fotix Karagyumruk" jamoasini Andrea Pirlo boshqarmoqda. Bu "Fotix Karagyumruk"ning yangi mavsum oldidan to'qqizinchi transferi bo'ladi.

O'tgan mavsumda Otabek Shukurov "Sharja" tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi. U 2017 yildan buyon sharjaliklar tarkibida o'ynab kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SharjahFC