

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Paxtakor"ning Andijonda tug'ilgan ikki futbolchisi Muhammadali Usmonov va Saidumarxon Saidnurullev ikkinchi davrada "burgutlar" tarkibida boshlashga yaqin.
Usmonov 2023 yildan buyon "Paxtakor" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Yaqinda Angliyaning KPR klubi kuzatuvida bo'lib turgan Saidnurullaev esa 2023 yildan beri "sherlar" safida 14 ta bahsda ishtirok etib 2 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatamani amalga oshirdi.




