Eshitdik-da! "Seongnam" Jeparovni "Lokomotiv"ga qo'yib yubormadi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2014, 11:38
O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov yozda yurtimizga qaytishga yaqin turgan ekan.
Eshitishimizga qaraganda Jeparovning "Lokomotiv"ga o'tishi deyarli hal bo'lgan ekan. Biroq "Seongnam" klubi so'nggi pallada hamyurtimizni bu yil qo'yib yubormoqchi emasligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" davralar oralig'ida o'z safiga Aleksandr Geynrix, Artyom Filiposyan va Dilshod Rahmatullaev kabi legionerlarni qo'shib olgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia