Eshitdik-da. Saidov bilan Hakimov “Iftixor” bilan xayrlashgan

Narzulla Saydullayev
30 apr 2018, 12:26
Joriy mavsum PRO-Liganing “Iftixor” jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida Superliga klublarida o'ynab kelayotggan futbolchilarni taklif etgandi.

Xususan, o'tgan mavsum “Neftchi” sharafini himoya qilgan tajribali yarim himoyachi Mansur Saidov bilan hujumchi Sherzod Hakimov “Iftixor”dan tushgan taklifni qabul qilgandi. Ammo ularning yangi jamoasidagi faoliyati uzoq vaqt davom etmagan ko'rinadi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, yaqinda Saidov va Hakimov jamoa bilan xayrlashgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia