Eshitdik-da! Rubin Xebay O'zbekiston chempionatiga qaytmoqda

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2024, 18:53
2023 yil "Andijon" safida yorqin o'yin namoyish etgan hujumchi Rubin Xebay O'zbekistonga qaytmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Rubin Xebay ikkinchi davrani katta ehtimol bilan Namanganning "Navbahor" klubida boshlaydi. Xebay yanvar oyida Saudiya Arabistonining "Al Oruba" klubiga transfer qilingan edi. Albaniyalik hujumchi yangi klubi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Al Oruba" chempionatda 2-o'rinni egalladi va oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 

Ma'lumot uchun, Rubin Xebay 2023 yilgi mavsum "Andijon" safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yin da maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Xebayning narxi 500 ming evroga teng. 

PFL talqiniga ko'ra, Xebay 2023 yil Superliganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia