Rasmiy xabar: Rubin Xebay - “Nasaf” futbolchisi!

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2025
O'zbek futbol muxlislariga begona bo'lmagan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay endi bizning jamoada to'p tepadi!

Faoliyati davomida Albaniya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Tunis jamoalarida, 2023-yilda Andijonning “Andijon” jamoasida to'p surgan hujumchi yangi mavsumni jamoamiz tarkibida boshlaydi. Futbolchi jamoamiz bilan bir yillik kelishuvga erishdi.

“Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Rubin! Gollar va g'alabalar kutib qolamiz!, - deb yozadi "Nasaf" matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Насаф” матбуот хизмати