Eshitdik-da! Rossiya klubi Akmal Mozgovoyni ijaraga olmoqchi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2022, 15:14
Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy legionerga aylanishi mumkin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Akmal Mozgovoyga Rossiyaning "Shinnik" klubi jiddiy qiziqib qolgan va futbolchini "Nasaf"dan ijaraga olmoqchi.

Yangi mavsumda "Shinnik" Rossiya birinchi divizionida (FNL) ishtirok etadi. Jamoani ayni paytda jamoani Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Vadim Evseev boshqarmoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia