Eshitdik-da! "Real"da ishlagan murabbiy "Lokomotiv"da ish boshladi

Mirjalol Normatov
10 noya 2020
Toshkentning "Lokomotiv" klubi ajoyib ishga qo'l urdi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Madridning "Real" klubi akademiyasida bir necha yillar faoliyat olib borgan Dani Chabrera "temiryo'lchilar" jamoasida ish boshlagan.

Bu borada uning instagramdagi sahifasidagi "bio"si ham xabarimizni tasdiqlaydi.

Shuningdek, u 10 yil davomida "Vilyareal"ning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. "Loko"ga qadar esa Chabrera Saudiya Arabistonining "Al Nasr" hamda "Al Ittifoq" klublarida ishlagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia