Eshitdik-da! "Qizilqum"da serbiyalik murabbiy ish boshlashi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
17 yanv 2022
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi yangi mavsum oldidan nafaqat tarkibda, balki murabbiylar shtabida ham o'zgarishlarga qo'l urmoqda.

Insayderimizning saytimizga ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda jamoada serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich ish boshlashi mumkin. Ushbu mutaxassis muxlislarga Tojikistonning "Istiqlol", "Xo'jand", mamlakatning U-21 va milliy terma jamoalaridagi faoliyati bilan tanish hisoblanadi. Lazarevichning so'nggi yillarda Saudiya Arabistoning "Al Tavun", Liviyaning "Al Nasr" klublarida faoliyat olib bordi. Aytib o'tish joiz, ushbu murabbiyga o'tgan mavsumda Samarqandning "Dinamo" jamoasidan ham chorlov bo'lgan edi. 


Nikola Lazarevich - futbolimizda nimani o'zgartirish kerakligi, "Navbahor" va "Dinamo"dan tushgan taklif va Masharipov haqida


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia