Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
4 fev 2022
"Paxtakor" yarim himoyachisi Abror Ismoilov ushbu mavsumda "Neftchi" sharafini himoya qilishi kutilmoqda.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, u yaqin vaqtlar ichida "Neftchi" safiga borib qo'shiladi. Klublar futbolchining bir yillik ijarasi borasida kelishib olishgan.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Neftchi" jamoasi Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. Bu 9 fevralga qadar davom etadi.

Abror Ismoilov o'tgan mavsum "Paxtakor" tarkibida 21 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia