Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi "Energetik-BGU"ga o'tadi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2023
"Paxtakor" klubi va O'zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi legionerga aylanadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Rustam Turdimurodov "Energetik-BGU" klubi safiga qo'shiladi.

Turdimurodov yaqinda Argentinada o'tgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etdi.

2004 yilda tug'ilgan hujumchi bu mavsum "Paxtakor" safida jami 2 ta o'yinda maydonga tushdi.  Transfermarkt portali Turdimurodovni ayni paytda 75 ming evroga baholamoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia