

Bungacha bir qator musobaqalarda zaxira va qanot hakamlariga to'lovlar klublar tomonidan amalga oshirilgan bo'lsa, 2021 yildan boshlab O'zPFL hakamlarning klublardan haq olish tartibini bekor qildi va barcha hakamlar gonorari O'zPFL tomonidan to'lab beriladigan tizimga o'tildi.
Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, bu yildan boshlab o'yinlarni oy davomida qoniqarli boshqarib borgan hakam hamda qanot hakami aniqlab olinadi va ular qo'shimcha ravishda moddiy rag'batlantiriladi. O'zPFL bu bilan uchrashuvlarni toza boshqarib borishni targ'ib qilishni maqsad qilgan ko'rinadi.
Ma'lumot uchun, 2021 yildan boshlab O'zPFL hakamlar faoliyatini asossiz tanqid qilayotgan murabbiy va futbolchilarga qarshi kurash olib bormoqda. Unga ko'ra, hakam tanqid qilingan bo'lsa, uning aynan qaysi epizodlariga nisbatan etiroz mavjud ekani aniq ko'rsatilishi va barchasi reglamentda belgilab qo'yilgani bo'yicha uchrashuvdan keyin rasman taqdim etilishi lozim.



