

O'zbekiston "K" guruhida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o'ynashi aniq bo'ldi. Guruhdagi so'nggi jamoa qitalararo pley-offdan keyin ma'lum bo'ladi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston futbol associaciyasi Portugaliya futbol federatsiyasi bilan mart oyida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan edi. Biroq kechagi qur'a ikkala jamoani bir guruhda joylashtirgani bois mazkur o'yin bekor qilinadi. Endi O'zbekiston ham, Portugaliya ham mart oyi uchun o'ziga boshqa raqib qidirishiga to'g'ri keladi.




