

"Osiyo kubogi finali oldindan belgilab qo'yilgan "Lusail" stadionida emas "Al Bayt" stadionida o'tadi", - deb yozadi Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'z telegram kanalida.
Ma'lumot uchun, "Lusail" stadioni o'z bag'riga 88966 tomoshabinni sig'dira oladi. "Al Bayt"ga esa 68895 tomoshabin kira oladi. "Lusail" stadionida musobaqaning ochilish marosimi va Qatar - Livan o'rtasidagi bahs bo'lib o'tgandi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogi finali 10 fevral kuni bo'lib o'tadi.



