Eshitdik-da! Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan 3ta o'yin qoldiriladi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2016, 15:11
Xabaringiz bor, 1 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Suriyaga qarshi o'yin o'tkazadi.

24 avgustda esa terma jamoamiz Burkina-Faso bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Shu sababli katta ehtimol bilan oliy liganing 20-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv qoldiriladi.

"Paxtakor" - "Qizilqum", "Olmaliq" - "Bunyodkor" va "Mashal" - "Lokomotiv" o'yinlari terma jamoaga futbolchilar chaqirilgani uchun boshqa muddatga qoldirilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 20-tur bahslari 25 va 26 avgustga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia