

2024 yilni "So'g'diyona" tarkibida o'tkazgan Oleg Zoteev endilikda "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qiladi. Tajribali to'p tepar o'z vaqtida (2012-2014) "Bunyodkor" libosida to'p tepgan.
Ma'lumot uchun, 35 yoshli Zoteev o'tgan mavsum Superligada 25 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol, 5 ta assistni amalga oshirdi. Kubok bahslarida 5 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Transfermarket portali uning narxini 175 ming evroga baholagan.



