Eshitdik-da! "Neftchi" futbolchilari 3 oydan beri maosh olishmayapti

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2024
Ayni paytda FIFA kunlari davom etmoqda va Superligada kichik tanaffus yuzaga kelgan.

3 kundan so'ng yana ichki chempionat bahslari davom ettiriladi.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Farg'onaning "Neftchi" klubida moliyaviy muammolar yuzaga kelgan. Gap shunda-ki, futbolchilar fevral oyidan beri maosh olishmagan. G'alabalar uchun mukofot pullari ham berilmay yig'ilib qolgan. Hatto, klubning ayrim o'yinchilardan o'tgan yilgi bazi "premiya" qarzlari hamon berilmagan.

Yana bir jihat bor-ki, agar futbolchi shartnomasida ko'rsatilgan maoshini 3 oy olmasa, kelishuvni bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo'ladi. "Neftchi" rahbarlari xushyor tortishmasa yozda jiddiy muammolarga duch kelishlari mumkin.

"Neftchi" ayni paytda Superliga turnir jadvalida 17 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda. Peshqadam "Nasaf"da 19 ochko mavjud.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia