

Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, Namanganning "Navbahor" jamoasi "Bunyodkor" forvardi Mirjahon Mirahmadovga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi bilan muzokara o'tkazilayotgani to'g'risida "qaldirg'ochlar" ogohlantirilgan. Ma'lumot uchun, 24 yoshli hujumchining Toshkent klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning oxirida yakunlanadi. U Superliganing joriy mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Shuningdek, "Navbahor" Nurillo To'xtasinovga ham qiziqish bildiryapti. Uning "Bunyodkor" bilan amaldagi mehnat bitimi 2021 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan.




