Eshitdik-da! Muzaffar Muzaffarov “So'g'diyona”ni tark etmoqda

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2016
So'nggi yillarni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazib kelayotgan iqtidorli futbolchi aftidan klubini o'zgartiradigan ko'rinadi.
Olingan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Muzaffar Muzaffarov birinchi davra o'yinlari nihoyasiga etgach jizzaxliklar bilan do'stona ravishda xayrlashmoqchi. Shu bois uning “So'g'diyona” tarkibida oxirgi marta “Qizilqum”ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

Muzaffarovga ayni damda oliy liganing bir nechta klublaridan jiddiy qiziqish bo'layotgani aytilmoqda. Ko'ramiz, 21 yoshli futbolchi qaysi jamoaga o'tar ekan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia