

Bugun Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan 3 nafar yoshi katta o'yinchilar nomini e'lon qilgan edik.
OTJ tarkibidagi legionerlarimizdan biri Hojimat Erkinov Olimpiadada ishtirok etmaydigan bo'ldi. Uning klub "Al Vahda"dan hamon xat kelmagan. Vaqt kam qolgani uchun Erkinovning o'rniga boshqa variantlar ko'rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, yana bir legionerimiz Umarali Rahmonalievning klubi "Rubin"dan rad javobi kelgan. Ayni paytda O'FA rahbariyati qozonliklar bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichini olib borishmoqda.



