

UEFA Pro licenziyasiga ega, 45 yoshli Ivan Bubalo kecha iste'foga chiqarilgan rossiyalik Aleksandr Krestininning o'rnini egallaydi. Xorvatiyalik murabbiy bungacha Bosniya va Gertsegovinaning "Posushe" futbol maktabida rahbar sifatida ishlab kelayotgan edi.
Bubalo faoliyati davomida Bosniya va Gertsegovinaning "Gabela", "Zrinski Mostar", "Braniteli Mostar", Xorvatiya ikkinchi ligasi vakili "Solin" klublarida faoliyat olib borgan.



