Eshitdik-da! "Istiqlol"ning yana bir futbolchisi O'zbekiston chempionatiga kelmoqda

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2022, 20:52
Termizning "Surxon" jamoasi bugundan Toshkentda yig'inni boshladi.

Jamoa tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan. 

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, Dushanbening "Istiqlol" jamoasi futbolchisi Zoir Jo'raboev "Surxon"ning poytaxtdagi mashg'ulotiga kelib qo'shiladi. U ertaga yurtimizga yetib keladi va klub mutasaddilari bilan uchrashadi. 

Avvalroq mazkur jamoaning yana bir a'zosi Alisher Jalilov AGMK bilan shartnoma imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia