

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, ushbu mag'lubiyatdan keyin amaldagi jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o'z lavozimidan ketgan.
"Turon" ushbu murabbiy qo'l ostida Superligada 8ta o'yin o'tkazib 3ta durang va 5 mag'lubiyat qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Turon" aynan shu murabbiy qo'l ostida o'tgan mavsum Pro ligada birinchi o'rinni egallab Superligaga chiqqandi. Yil boshida klub rahbariyati Ismoilov bilan 3 yillik shartnoma tuzgandi.



