Eshitdik-da! Ikki kun ichida Shota Arveladze "Xall Siti" bosh murabbiyiga aylanadi

Alisher
24 yanv 2022, 15:01
"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

Bizga ma'lum bo'lishiga, gruziyalik mutaxassis faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi. Shota Yustinovich yaqin 2 kun ichida rasman "Xall Siti" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, "Xall Siti" Angliyada mavqei jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi divizion bo'lmish Chempionshipda ayni damda 19-o'rinda bormoqda.

48 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi "Paxtakor" bo'lgan edi. U toshkentliklar bilan ikki bor O'zbekiston chempioni va ikki bor mamlakat kubogi sohibiga aylangan edi.

Arveladze O'zbekistonga qadar Turkiyaning "Kayserispor", "Qosimposhsho" va "Trabzonspor", shuningdek Isroilning "Makkabi" jamoalarida ishlagan.




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia