Eshitdik-da! Ifiani Ifiani va Viktor Mbaoma "Qizilqum" futbolchisiga aylandi

Administrator
31 yanv 2023, 20:43
Ikki futbolchi navoiyliklar safiga borib qo'shilgan.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, "Qizilqum" jamoasi nigeriyalik futbolchilar Ifiani Ifiani va Viktor Mbaoma bilan shartnoma imzoladi. Ikki o'yinchi jamoa bilan ko'rikdan ham o'tishga ulgurgan.

Ifiani Ifiani o'zbekistonlik muxlislarga "Mashal"dagi o'yinlari orqali yaxshi tanish. Futbolchi 2022 yilning boshida "Mashal"ni tark etib, Iroqning "Navro'z" klubiga ko'chib o'tgandi.

Viktor Mbaomaning oxirgi jamoasi esa Jazoirning "MK Jazoir" klubi bo'lgan. Undan oldin esa futbolchi Nigeriyadagi mahalliy klublarda to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia