Eshitdik-da. FIFA Simonenko tufayli "Bunyodkor"ni 6 ochkodan mahrum qiladi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2018
2014 yil "Bunyodkor" safida ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko to'p tepgandi.

Ukrainalik futbolchining maosh borasidagi davosi ijobiy hal bo'lmaganligi uchun FIFA "Bunyodkor" jamoasidan 6 ochkoni olib tashlash bo'yicha qaror chiqargan.

Agar qarz o'z vaqtida uzilmasa, "Bunyodkor" ham xuddi "Sho'rtan" kabi quyi ligaga ravona bo'lishi mumkin.

Simonenko "Bunyodkor" u bilan shartnomani bekor qilganidan so'ng tovon puli so'rab FIFAga murojaat qilgandi. Uning 2014 yil bergan intervyusini MANA BU ERDA o'qish mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia