Eshitdik-da! "Bunyodkor" yarim himoyachisi "Dinamo"ga o'tmoqda

Iskandarov Abdulaziz
16 iyul 2024, 13:55
Ikkinchi davraga tayyorgarlik olib borayotgan "Dinamo" tarkibga yangi nomlarni qo'shib olishda davom etadi.

Vadim Abramov tarkibga "Bunyodkor"dan yarim himoyachi Rasul Yo'ldoshevni jalb qildi. Bu haqida saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov xabar berdi. Tomonlar yaqin kunlar ichida rasman shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Rasul Yo'ldoshev bu yil Superligada 10 ta, O'zbekiston kubogida 3 ta bahsda maydonga tushdi. "Dinamo" u uchun faoliyatidagi uchinchi jamoa bo'ladi. Bunga qadar u "Bunyodkor"dan tashqari 2019 yil yarim mavsum OKMKda ham to'p tepgan edi. 

Transfermarkt portali futbolchining narxini 200 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia