

24 iyul kuni "Bunyodkor" jamoasi "Olimpik"ning chap qanot himoyachisi Ahmadullo Muqumjonovni o'z safiga qo'shib olayotgani haqida xabar bergan edik.
Eshitdik-da! "Olimpik"ning yana bir futbolchisi Superliganing boshqa klubiga o'tmoqda
"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "qaldirg'ochlar" Muqumjonov bilan o'zaro kelishuvga erishgan va bugun shartnoma imzolashadi. Transfer huquqi OKMKga tegishli bo'lgan 22 yoshli futbolchi "Bunyodkor"da mavsum oxiriga qadar ijara asosida to'p tepadi.
Ma'lumot uchun, Ahmadullo Muqumjonov joriy mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida jami 15 ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urib, 4ta assist qayd etdi.

"Bunyodkor" Abdunabiev, Itsuki Urata va Luis Kachorrini ro'yxatdan o'tkazdi



