Eshitdik-da! "Bunyodkor" 2 nafar himoyachini jamoaga jalb etdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2024, 13:46
Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, o'tgan mavsumni Bangladeshning "Bashundara Kings" klubida o'tkazib, chempionlikka erishgan himoyachi Boburbek Yo'ldoshev va "Qizilqum" bilan xayrlashgan himoyachi Shahboz Jo'rabekov (suratda – tahr.) ikkinchi davrani "Bunyodkor" safida boshlashadi. Har ikki futbolchi "qaldirg'ochlar" bilan yarim yillik shartnoma tuzgan.



Avvalroq "Bunyodkor" Olimpiadaga boradigan darvozabon va o'z tarbiyalanuvchisi sanalgan futbolchini tarkibga qo'shib olgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia