Olimpikning yana bir futbolchisi faoliyatini Bunyodkorda davom ettiradi

Khoja
10 iyul 2024, 09:45
Olimpikning yana bir futbolchisi jamoani tark etadi.

Abdulaziz Iskandarovning ma'lum qilishicha, Aleksandr Zevadinov Bunyodkor klubiga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq yozgi transfer vaqtida Otabek Jo'raqo'ziev, Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov, Timur Mamasidiqov kabi futbolchilar Olimpikni tark etgandi.

Ma'lumot uchun, Aleksandr Zevadinov Bunyodkor klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yildan beri Olimpik safida harakat qilib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia