Eshitdik-da! Belarus chempioni Shahzod Ubaydullaevni sotib oladi. Transfer summasi ham ma'lum

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2021
O'zbekiston terma jamoasi va "Metallurg" klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullaev tez orada legionerga aylanadi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, 1998 yilda tug'ilgan hujumchi Belarus chempioni "Shaxtyor" klubiga transfer qilindi. Soligorsk klubi Ubaydullaev uchun "Metallurg"ga 150 ming AQSH dollari to'laydi. 

Ma'lumot uchun, "Shaxtyor" safida 2020 yilda o'zbekistonlik boshqa futbolchi Jasur Yaxshiboev to'p tepdi. 

Shahzod Ubaydullaev 2019-2020 yillarda Superligada jami 50ta o'yinda maydonga tushib 13ta gol urishga erishdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia