Eshitdik-da! "Aral" "Navbahor"ning taklifiga rozi bo'lmadi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 10:28
Avgust oyining dastlabki yarmida O'zbekiston Kubogining nimchorak finali doirasidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

14 avgust kuni ushbu bosqichda "Aral" - "Navbahor" uchrashuvi o'tkazilishi kerak. Namangan klubi Qoraqalpog'istondagi stadion sun'iy ekanligini inobatga olib, bahsni betaraf maydonda o'tkazish taklifi bilan chiqqan. 

Ammo bunga "Aral" klubidagilar rad javobini berishgan va uchrashuv belgilangan joyida bo'lishini ma'lum qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia