Eshitdik-da! Aleksandr Xomyakov keyingi mavsumda ham "Andijon"ni boshqaradi

Абдулвосит Бектемиров
14 dek 2024
Ortda qolgan mavsum O'zbekiston kubogida zafar quchgan "Andijon" keyingi yil OCHL 2 musobaqasida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov keyingi mavsumda ham "Andijon" jamoasini boshqaradi. Bosh murabbiy va klub o'rtasidagi shartnoma 2026 yil dekabriga qadar amal qiladi. Mutaxassis ayni damda jamoani keyingi mavsumga tayyorlash va selekciya ishlari bilan band. Shuningdek, 16 dekabr kuni klubda majlis o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Eslatib o'tamiz, "Andijon" jamoasi o'tgan mavsumda o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi va keyingi mavsumda OCHL 2 musobaqasida ishtirok etadi.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia