Erve Renarning o'rnini Yaponiya termasi sobiq ustozi egalladi

Eldor Akmurzayev
15 avg 2019, 22:25
Bosniyalik mutaxassis Vohid Halilxojich Marokash terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

U fransiyalik mutaxassis Erve Renarning o'rnini egalladi. O'z navbatida Renar Marokash futbol federatsiyasi tomonidan iste'foga chiqarilganidan so'ng, Saudiya Arabistoni terma jamoasining boshqaruviga kelgandi. 

Avvalroq, Halilxojich Osiyoda Yaponiyaning bosh jamoasida (2015-2018) faoliyat olib borgan bo'lib, uning so'nggi ish joyi Nant bo'ldi. 66 yoshli mutaxassis rahbariyat bilan transferlar borasida til topisha olmagani uchun klubni tark etgani ma'lum qilinmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FRMFOFFICIEL