Ertaga Superliga hakamlari bilan ochiq muloqot tashkil etiladi

Tolibjon Qosimov
14 may 2019, 11:54
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan uchrashuvlarda halol va adolatli hakamlikni taminlash, shaffoflikni oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani hech kimga sir emas.

Superliga 8-turidan o'rin olgan uchrashuvlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan bazi qarorlar futbol muxlislari va mutaxassislar o'rtasida qizg'in muhokamalarni keltirib chiqardi.

O'yinlarda yuzaga kelgan vaziyatlarni tahlil qilish, hakamlar faoliyati mavzusida fikr almashish maqsadida ertaga 15 may kuni soat 11:00da O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida Superliga hakamlari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tadi.

Muloqot davomida Superliga so'nggi turlaridagi o'yinlar tahlili, hakamlik faoliyatidagi e'tiborga molik jihatlar haqida so'z boradi. Shuningdek, ochiq muloqot ishtirokchilarining savollariga mutaxassislar tomonidan javob berib o'tiladi.

Tadbirga yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha turdagi OAV xodimlarini taklif qilib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz