Ertaga "So'g'diyona" Olmaliq shahriga yo'lga chiqadi

Narzulla Saydullayev
21 mar 2014, 20:43
Ma'lumki Oliy liga 2-turidan o'rin olgan Olmaliq - So'g'diyona uchrashuvi 23 mart kuni bo'lib o'tadi.
22 mart kuni ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi o'yin o'tkaziladi. So'g'diyona Olmaliq jamoasi bilan o'tadigan uchrashuvga a'lo kayfiyatda, yo'qotishlarsiz bormoqda. Tarkibdagi barcha futbolchilarning jismoniy holatlari o'z joyida. Azaldan bir-biriga noqulay raqib hisoblangan ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar ancha qiziqarli bahslarga boy bo'lib kelgan.

Umid qilamizki, 23 mart soat 17:00 da Olmalqdagi yangi foydalanishga topshirilgan stadionda bo'lib o'tadigan uchrashuv ham hech kimni befarq qoldirmaydi. Barcha futbol muxlislarni Olmaliq - So'g'diyona uchrashuvini stadiondan turib kuzatishga chorlab qolamiz!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz