

"Universitet" va "Lochin" jamoalari o'zaro to'qnash keladigan mazkur bahs Guliston shahridagi "Markaziy" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv 14:00da start oladi.
Aytish kerak, har ikkala jamoa finalga qadar ikkitadan uchrashuvdan maydonga tushib, har ikkisida ham g'alaba qozondi. E'tiborlisi shundaki, “Universitet” klubi avvalgi bosqich o'yinlarida har ikkisida ham penaltilar seriyasi orqali g'alaba qozonib, finalga yetib keldi. “Lochin” esa dastlab yirik hisobda, keyinchalik minimal hisob evaziga g'alabalarni qo'lga kiritdi va hal qiluvchi bahsga yetib keldi.
“Universitet” ishtiroki
“Universitet” – “Yangier FMM” – 1:1 (pen: 3:0)
“Istiqlol” – “Universitet” – 0:0 (pen: 5:6)
“Lochin” ishtiroki
“Lochin” – “Yangier-Artel” – 7:1
“Lochin” – “Oqoltin” – 1:0



