Ertaga “Paxtakor” va “Lokomotiv” yoshlari bellashishadi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2016, 17:11
“Lokomotiv” yoshlar jamoasi ertaga – 6 fevral kuni “Paxtakor” yoshlariga qarshi mavsumdagi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Qibrayda tashkil etilgan birinchi bellashuvda 0:0 hisobidagi durang qayd etilgandi.

13:00 da start oladigan bellashuv “Chilonzor” dahasidagi “Paxtakor”ga qarashli sun'iy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi. Xabaringiz bor, bunga qadar yosh “temiryo'lchilar” “Bunyodkor” o'rinbosarlari bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan bo'lishsa, “Bunyodkor-2”ni 5:0 hisobida mag'lub etishgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz