Ertaga "Nasaf" klubi muxlislarining yig'ilishi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2014, 14:05
Yana sanoqli kunlardan keyin mamlakatimizda futbol bo'yicha yangi mavsum boshlanadi.
Shu munosabat bilan "Nasaf" futbol klubi muxlislari ham o'z sevikli jamoalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha rejalarini kelishib olish maqsadida yig'ilish tashkil qilishmoqda.

"Nasaf" futbol klubi muxlislari yig'ilishi ertaga yani 11 mart kuni kunduz soat 10:00da "Markaziy" stadiondagi muxlislar uchun ajratilgan qarorgohda bo'lib o'tadi.

Yig'ilishga nafaqat muxlislar klubi a'zolari balki "Nasaf" jamoasiga befarq bo'lmagan barcha muxlislar taklif qilinadi. Yig'ilish tashkil qilishdan asosiy maqsad "Nasaf"ning uy uchrashuvlarida  muxlislar tomonidan jamoani qo'llab-quvvatlash rejalari va taklif-mulohazalar o'rganib chiqiladi. Shuningdek yig'ilish ishtirokchlari muxlislar klubining faoliyati rejalari hamda jamoaga tegishli yangiliklardan boxabar qilinadi.

Barcha "Nasaf" muxlislarini yig'ilishimizga taklif etamiz!

Murojaat uchun telefon: + 998 91 462 21 99

"Nasaf" PFK muxlislar klubi yetakchisi - O'ktam Uzoqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz