

Erondagi siyosiy vaziyat tufayli OFK mazkur bahsni Dubayda o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilgan. "Al Nassr" yulduzi Krishtianu Ronaldu jamoasi bilan birgalikda Dubayga yetib bordi. Masharipov ham "Istiqlol" tarkibida BAAga uchib borgan.
Eslatib o'tamiz, "Al Nassr" 2 ta o'yinda 4 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda. "Istiqlol" esa 3 ochko bilan 5-o'rindan joy olgan.




